Standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimidagi eskirgan talablar va byurokratiya tadbirkorlarning “qoʻlini bogʻlayotgani”, sohada korrupsiyani keltirib (https://t.me/Press_Secretary_Uz/5603) chiqarayotgani koʻrsatib oʻtildi.
25 mingdan ortiq standart, 41 ta texnik reglament xalqaro bozor talablariga mos kelmaydi. Hozirda 13 mingga yaqin turdagi tovarning 6,5 mingi majburiy sertifikatlanadi, bu esa tannarxni oshiradi.🔝“Vazirlar, hokimlar qachon tadbirkorlarni eshitib, qaysi standartni yangilash, qaysi birini bekor qilish, nima mahsulotni majburiy sertifikatsiya roʻyxatidan chiqarishni oʻylab koʻrdi? Afsuski, bunga ijobiy javob yoʻq”, - deya qatʼiy eʼtiroz bildirdi Prezident.
🔝Xususan, investorlar mamlakatimizdagi koʻp laboratoriyalar talabga javob bermasligi, rivojlangan davlatlar standartlari esa tan olinmayotganini aytmoqda.
🔝Hozirgi tizimda sertifikatlash organlari bir paytning oʻzida bozor nazoratini ham olib borayotgani, bu esa manfaatlar toʻqnashuviga olib kelayotgani qayd etildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring











