“Takror va takror aytaman – “hozirgi dunyodagi vaziyat bizga taʼsir qilmaydi” deganlar juda katta xato qiladi. Bunday sharoitda faqat oʻz kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil-dadil qadam tashlashimiz kerak”, - dedi davlatimiz rahbari.
Lekin koʻp rahbarlar hali masalaning jiddiyligini, 2 karra koʻp ishlash kerakligini bilmayotgani, har bir vazirlik, tarmoq va hududlarni birinchi rahbarlari aniq-aniq reja qilib, ishlab chiqarish, eksport bilan oʻzi shaxsan shugʻullanishi shart va zarurligi koʻrsatib oʻtildi.📌Bir hafta davomida mutasaddilar 3 mingdan ziyod tajribali tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ishbilarmonlar xalqaro bozorlardagi tebranishlarga moslashish uchun tezda hal qilish kerak boʻlgan yangi-yangi masalalarni qoʻymoqda. Vazirlar, hokimlar, bank va tarmoq rahbarlariga savollar koʻp.
📌Ayrim rahbarlar tendensiyalarni oʻrganib, xatarlarni toʻgʻri baholab, tadbirkorlarga yoʻl ochish oʻrniga oʻzlari toʻsiq boʻlayotgani tanqid qilindi. (https://t.me/Press_Secretary_Uz/5602)
📌Bundaylarga nisbatan qattiq chora koʻrilishi qayd etildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring











