Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Mutaxassis tavsiyasi: Grippning oldini oling va o‘zingizni asrang! Kuz-qish mavsumida gripp va o‘tkir respirator virusli kasalliklar (O‘RVI) ko‘payishi kuzatiladi.

Mutaxassis tavsiyasi: Grippning oldini oling va o‘zingizni asrang! Kuz-qish mavsumida gripp va o‘tkir respirator virusli kasalliklar (O‘RVI) ko‘payishi kuzatiladi.

14-10-2026, 15:30
53
Kasallikning oldini olish maqsadida Sanepidqo‘mita Jondor tuman bo‘limi 6 ta eng muhim va samarali qoida eslatib o‘tadi:
💉Grippga qarshi emlanish — kasallik va uning og‘ir asoratlaridan himoyalanishning eng ishonchli usulidir.
🧼Shaxsiy gigiyena-qo‘llaringizni kun davomida tez-tez sovunlab yuving.Aksirganda yoki yo‘talganda og‘izni dastro‘mol bilan yoping.
🤩Niqob taqing-ko‘chaga chiqqanda, gavjum joylarda tibbiy niqobdan foydalaning va har 2 soatda yangisiga almashtirib turing.
💨Xonalarni kuniga bir necha bor shamollatib turing.
Masofa saqlang: Aholi gavjum bo‘lgan yopiq joylarga borishni cheklang.
Immunitetni mustahkamlang: Vitaminlarga boy oziq-ovqatlar iste’mol qiling, ko‘proq suyuqlik iching,yetarlicha dam oling.
🚨 Muhim eslatma: Agar sizda yoki farzandingizda yuqori isitma, qaltirash, bosh va tomoq og‘rig‘i kuzatilsa, o‘zboshimchalik bilan davolanmang! Darhol shifokorga murojaat qiling.
🌱Sog‘ligingizga befarq bo‘lmang — u eng oliy boylikdir!
🛡Sanepidqo‘mita Urganch shahar  bo‘limi Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring