OVQATDAN ZAHARLANISHNING OLDINI OLING!
Yoz mavsumida yuqori harorat sababli oziq-ovqat mahsulotlari tez buzilishi va ovqatdan zaharlanish holatlari ko‘payishi mumkin. Salomatligingizni asrash uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:✅ Sifatli mahsulotlarni xarid qiling va yaroqlilik muddatini tekshiring.
🧼 Ovqat tayyorlashdan oldin hamda ovqatlanishdan avval qo‘llaringizni sovun bilan yuving.
🥩 Go‘sht, baliq va tuxumni to‘liq pishirib iste’mol qiling.
❄️ Tez buziladigan mahsulotlarni muzlatkichda saqlang.
🥗 Xom va tayyor mahsulotlarni alohida saqlang.
🚫 Noma’lum joylarda tayyorlangan taomlarni iste’mol qilishdan saqlaning.
💧 Toza va xavfsiz ichimlik suvidan foydalaning.
⚠️ Ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, qorin og‘rig‘i yoki tana haroratining ko‘tarilishi kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling.
💚 Ovqatlanish gigiyenasiga rioya qilish — sog‘lom hayot garovidir!
📍 Urganch shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring











