Ishonch telefoni

Ochiq muloqot

21-05-2026, 16:34
33
Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka keng jalb etish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ana shu ezgu ishlar doirasida Urganch shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi boshlig‘i A.S.Ismailov boshchiligida Toshkent tibbiyot universiteti talabalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning orzu-intilishlari, qiziqishlari, muammo va takliflari tinglandi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bilim olishi hamda jamiyatda munosib o‘rin topishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha fikr almashildi.
Albatta, yoshlar — yurtning ertangi kuni, millatning ishonchi va davlatning mustahkam tayanchidir. Zero, yoshlarga berilgan e’tibor — kelajakka qaratilgan eng katta sarmoyadir.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring