Hamkorlikdagi maxsus taktik oʻquv mashgʻuloti


Sanitar-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Xorazm viloyati boshqarmasining Urganch shahar boʻlimi, Favqulodda vaziyatlar, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi hamda tibbiyot xodimlari ishtirokida qrim-qo'nga kasalligining oldini olish boʻyicha maxsus taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.Oʻquv mashgʻulotining maqsadi shahar hududida odamlar va hayvonlar oʻrtasida uchrashi mumkin boʻlgan oʻta xavfli yuqimli kasalliklarning oldini olish, kasallik xavfini kamaytirish, xavf manbaini bartaraf etish va maxsus himoya vositalaridan samarali foydalanish koʻnikmalarini mustahkamlashdan iborat edi.
Mashgʻulot davomida jahon miqyosidagi vaziyat, mamlakatimizga kasallikning kirib kelishining oldini olish choralari, hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar va targʻibot ishlarini kuchaytirish yoʻnalishlari belgilandi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring











