Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » “SANITARIYA MINIMUMI” NIMA?

“SANITARIYA MINIMUMI” NIMA?

6-10-2025, 15:35
27
‼️Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan umumiy ovqatlanish ob’ektlari, ta’lim muassasalarining oshxonalari, go‘zallik salonlari, kosmetologiya xizmatlari, shuningdek, manikyur, pedikyur, kosmetolog-vizajist, tatuaj bo‘yicha ustalar faoliyati o‘rganilganda Sanminimum kurslarida o‘qiganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni so‘rashadi. 

🔴 “Sanitariya minimumi” o‘quv kurslarida o‘qimagan, sanitariya qoida va me’yorlari, epidemiyaga qarshi elementar talablarni bilmaydigan, tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan xodimlar ishga jalb etilishi natijasida ko‘ngilsiz holatlar yuzaga kelishi haqida juda ko‘p gapirishadi.

🎯Xo‘sh, sanitariya minimumi o‘zi nima? 

✔️Fuqarolarning sog‘lig‘iga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan muayyan kasb egalari uchun gigiyenik tayyorgarlikdan o‘tishi majburiydir.
Tibbiy ko‘riklar yuqumli va parazitar kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, kasb kasalliklari, zaharlanishlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida o‘tkaziladi. Xodimlarning davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tish davomida sanitariya minimumi kurslarida ham o‘qitiladi.

🔭Bu kabi kurslar davomida gigiyena va epidemiologiya fanlaridan tasdiqlangan dastur asosida o‘qitiladi. 

🎯Qaysi sohada faoliyat yuritayotganlar bu kabi kurslarda o‘qishi lozim?

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlar, umumiy ovqatlanish korxonalari xodimlari kiradi.

✔️Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 

✔️bolalar uylari

 ✔️maktab-internatlari

✔️bolalar sanatoriylari

✔️«Muruvvat uylari» va «Mehribonlik uylari» xodimlari

✔️yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari xodimlari, ta’lim muassasalarining oshxona xodimlari, ekspeditorlar, ushbu muassasalarda oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi transport vositalarining haydovchilari va omborxona xodimlari.

✔️Davolash-profilaktika muassasalari 

✔️sanatoriylar

✔️dam olish uylari

✔️ pansionatlar 

✔️nogironlar va qariyalar uylarining oshxonasida ishlovchilar hamda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish va tarqatishda ishtirok etuvchi xodimlar.

✔️Maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar xodimlari,

✔️hammom va sauna xodimlari

✔️Sartaroshlik va kosmetologiya xizmatlari 

✔️manikyur, pedikyur, kosmetolog-vizajist tatuaj bo‘yicha ustalar va boshqalar.

✔️Kimyoviy tozalash shoxobchalari xodimlari.

✔️Suzish bo‘yicha trenerlar 
instruktorlar

✔️basseyn va davolovchi vannalarda ishlovchi xodimlar.

✔️Mehmonxona va yotoqxona xodimlari hamda farroshlari, komendantlari, poezdlarning yo‘l boshlovchilari.

✔️Kommunal-xo‘jalik sohasi xodimlari shuningdek, maishiy chiqindilarni yig‘ish tashish va yo‘qotish bilan bog‘liq ishlarda hamda jamoat hojatxonalarida ishlovchilar.

✔️ Bevosita ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarida ishlovchilar

✔️Dorixonalar va dori saqlash omborxonalari xodimlari 

✔️dorilarni tarqatish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (provizor va farmasevtlar bundan mustasno).

🎯Saniminimum kurslarida qayerda o‘qish mumkin?

‼️Sanepidqo‘mitaning tegishli mutaxassislari tomonidan to‘lov-shartnoma asosida mashg‘ulotlar onlayn va oflayn shaklda amalga oshiriladi.

✍️Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladigan qisqa o‘quv kurslarida xodimlar o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida rioya etishlari lozim bo‘lgan norma va qoidalar o‘rgatib boriladi. O‘quv kursi so‘ngida esa imtihon o‘tkazilib, guvohnomalar topshiriladi.

🟢 Xulosa qilib aytganda xavfsiz faoliyat olib borishni va insonlar salomatligiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishni istamasangiz yuqoridagi yo‘nalishlardan birida faoliyatingizni boshlashdan avval albatta “Sanitariya minimum” kurslarida o‘qing!

⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring