Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » EMLASH OLGANDAN SO'NG POLIKLINIKADA QANCHA VAQT QOLISH KERAK?

EMLASH OLGANDAN SO'NG POLIKLINIKADA QANCHA VAQT QOLISH KERAK?

6-10-2025, 15:34
24
Emlash olgandan keyin poliklinikada uzoq vaqt bo‘lish tavsiya etilmaydi, chunki turli xil yuqumli kasalliklarni yuqtirib olish xavfi oshadi. 

👩‍⚕️Odatda shifokor emlashdan keyingi reaksiyalar paydo bo‘lsa, o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish maqsadida 30 daqiqa kutib turishni taklif qiladi, bu vaqtda davolash-profilaktika muassasasi ichida emas, balki atrofida kutib turish maqsadga muvofiq.

Bolani qalin kiyintirmang, poliklinikaga kelgan vaqtida terlamagan bo‘lishi kerak, agar terlagan bo‘lsa, barcha issiq kiyimlarini yechib, bolani terini qotishini kuting.
Bolaga sharbatlar berish mumkin emas, chunki bu emlashdan keyin organizmni qarshi kurashishini kuchaytirib, vaksinaga ko‘nikishini uzoqlashtiradi. Agar bola kuchli terlagan bo‘lsa, bolaning tanasini iliq suvga botirilgan sochiq bilan, keyin quruq sochiq bilan artib, tanada namlik qolmasligini kutish kerak. Tana harorati odatdagidek bo‘lsa, bolani har doiyimdagidek cho‘miltirishingiz mumkin.

💉Emlash olgandan keyin (odatda 3 kun) ko‘p odamlar yig‘iladigan joylarga borish, ko‘pchilik bilan birga bo‘lish tavsiya etilmaydi. Bolani mehmonga olib bormang, uyga buvisi va buvasi yoki o‘rtoqlaringizni taklif qilmang. MTTga 2 kungacha olib borish tavsiya etilmaydi, agar bola o‘zini yaxshi his qilsa qo‘rqmasdan olib borish mumkin. Bola emlash olgandan keyin aniq yuqumli kasalliklar belgilari yo‘tal, aksa urish, ich ketishi va b. belgilar bo‘lgan odamlar bilan muloqotda bo‘lishini oldini olish kerak. Shu bilan birga, bolaning kasallanish ehtimoli juda yuqori.

Emlashdan keyin nima qilish kerak?
🧃Bolani tinchlantirish uchun, ko‘proq suyuqlik bering, ko‘proq vaqt ajratib, uni o‘ynating, harakatlarini ma’qullang, yaxshi gapiring va mehribon bo‘ling. Emlashdan keyin bolani albatta qornini to‘ydirish kerak, nafaqat vaqti bo‘yicha, balki talabiga qarab so‘ragan vaqtda.

Agar, bolada emlashdan keyin harorat ko‘tarilsa, unga issiq tushiruvchi dorilar bering. Tana harorati yuqori bo‘lsa,  havo harorati yuqori bo‘lmagan xona sharoitini yarating. Emlashdan keyin bola injiqlik qilmasa, uyga ketishni so‘ramasa, toza havoda sayr qildiring.

⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring