Odam papilloma virusi qanday aniqlanadi?
🦠OPV – bu bachadon boʻyni saratoni rivojlanishining asosiy xavfli omilidir, chunki 95% kasallik holatlarini OPV qoʻzgʻatadi. Ushbu saraton kasalligi bilan 25-35 yoshdagi ayollar koʻproq kasallanishga moyil.Xalqaro tavsiyalarga koʻra, bachadon boʻyni saratonini oldini olish uchun, quyida koʻrsatilgan yoshdan boshlab tekshiruvdan oʻtish lozim:
✔️21 yoshdan 30 yoshgacha — har 3-5 yilda bir marta PAP-testini topshirish.
✔️30 yoshdan 65 yoshgacha — har 3-5 yilda PAP-testini topshirish va OPV uchun tahlil topshirish. Bunda OPV ning onkogen turlarini aniqlash maqsadida vaginal surtma olinadi va PZR usulida tekshiriladi.
PAP-testi yoki Papanikolau surtmasi boʻyicha bachadon boʻynidan (bachadon ogʻzidan) olingan hujayralar mikroskop ostida tekshiriladi. Bu hujayralar qin orqali kiritiladigan maxsus choʻtka yordamida bachadon boʻynidan qirib olinadi.Tahlil bachadon boʻyni saratoni yoki boshqa kasalliklarning belgisi boʻlgan noodatiy hujayralarni aniqlash uchun kerak.
📍Ushbu tahlillarni tugʻruq majmualari va markazlarida, ba’zi poliklinikalarda va koʻplab xususiy laboratoriyalarda topshirish mumkin.
👩🏻⚕️Bachadon boʻyni saratoni va boshqa koʻplab kasalliklarning oldini olish uchun barcha ayollar yiliga bir marta ginekolog koʻrigidan oʻtishlari lozim.
🛡OPVga qarshi emlanish
OPV infeksiyasiga va ular keltirib chiqaradigan onkologik kasalliklarning keyingi rivojlanishiga qarshi samarali himoya - emlanishdir.
🌐 JSST tavsiyalariga ko'ra, 9 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarni emlash eng samarali hisoblanadi. OPVga qarshi emlash xavfsiz va samarali. U dunyoda 14 yildan beri, 2007 yildan beri oʻtkazib kelinmoqda. Bugungi kunda OPV ga qarshi dunyoning 135 ta davlatida emlanadi va 110 ta davlatda OPVga qarshi emlash milliy emlash dasturlariga kiritilgan.
🇺🇿O'zbekistonda ham 9 yoshli qizlar Milliy emlash kalendari asosida emlanadi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring











